HONOR CHOICE Watch 2i — Qora

HONOR

HONOR CHOICE Watch 2i

1.85" AMOLED ekran, 14 kun batareya, qo‘ng‘iroq qilish.

459 000 so'm
Uzumda 489 000 so'm30 000 so'm tejaysiz · 6% arzon
Mavjud

Rangni tanlang— Qora

Miqdor

1
Toshkent bo‘ylab 1 kun, viloyatlarga 1-3 kun ichida.

Mahsulot haqida

1,85 dyuymli AMOLED ekran — yorqin, tiniq va katta. Ekran korpusning 75 foizini egallaydi, zichligi 322 ppi. Usti 2,5D egri shisha bilan qoplangan. Soatning o'zidan qo'ng'iroq qilasiz va qabul qilasiz — telefon cho'ntakda qolsa ham. Javob bera olmasangiz, tayyor xabar bilan javob qaytarasiz. Kun bo'yi salomatlikni kuzatadi: puls, qondagi kislorod, stress darajasi va uyqu. HONOR Health ilovasida hammasi bir joyda ko'rinadi. Bir zaryadda 14 kungacha ishlaydi. Qayish bir bosishda yechiladi — kayfiyatga qarab almashtirasiz. IP68 va 1ATM himoya: yomg'ir ham, qo'l yuvish ham, suzish ham xavfli emas.

Texnik xususiyatlari

Ekran
1,85" AMOLED, 390×450, 322 ppi
Shisha
2,5D egri
Qo‘ng‘iroq
Soatdan, Bluetooth orqali
Salomatlik
Puls, SpO₂, stress, uyqu, qadamlar
Batareya
330 mAh — 14 kungacha
Quvvatlash
Magnitli, ~40 daqiqa
Himoya
IP68 / 1ATM
Og‘irligi
26 g (qayishsiz)
O‘lchami
45,5 × 38,9 × 10,8 mm
Qayish
Bir bosishda yechiladi
Ilova
HONOR Health (Android va iOS)

Qutida nima bor?

  • Soat va qayish
  • Magnitli quvvatlash kabeli
  • Foydalanish qo‘llanmasi

Kafolat va ishonch

12 oy rasmiy kafolat

HONOR ning O‘zbekiston uchun rasmiy shartlari bo‘yicha simsiz quloqchin va smart soatlarga 12 oy kafolat beriladi.

Kafolat shartlarini o‘qish

O‘zingiz tekshiring

Bizga ishonishingiz shart emas. Seriya raqamini HONOR saytiga kiritib, mahsulot kafolatga kirishini o‘zingiz ko‘rasiz.

HONOR saytida tekshirish

Butun mamlakat bo‘ylab servis

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Guliston, Urganch va Nukusda HONOR ning avtorizatsiyalangan servis markazlari bor.

Servis markazlar ro‘yxati

10 kun ichida qaytarish

Mahsulot ishlatilmagan va qadog‘i saqlangan bo‘lsa, 10 kun ichida qaytarasiz. Nosoz chiqsa — bepul almashtiramiz.

Kulrang kanal orqali kelgan mahsulot arzonroq bo‘lishi mumkin, lekin unga kafolat berilmaydi va servis markaz qabul qilmaydi. Biz rasmiy yetkazib beruvchidan olamiz.

Yetkazib berish

HududTo‘lovMuddat
Toshkent shahriKuryerga to‘lanadi1 kun
Toshkent viloyatiKuryerga to‘lanadi1-2 kun
Yaqin viloyatlarKuryerga to‘lanadi1-3 kun
Uzoq viloyatlarKuryerga to‘lanadi2-3 kun

Sharh yozish

Sharh yozish

O‘xshash mahsulotlar