HONOR CHOICE Headphones — Oq

HONOR

HONOR CHOICE Headphones

5.0(1)5.0 / 5

Hi-Res Audio, 80 soatgacha ishlash va Bluetooth 5.4 bilan simsiz quloqchin.

189 000 so'm
Uzumda 249 000 so'm60 000 so'm tejaysiz · 24% arzon
Mavjud

Rangni tanlang— Oq

Miqdor

1
Toshkent bo‘ylab 1 kun, viloyatlarga 1-3 kun ichida.

Mahsulot haqida

HONOR CHOICE Headphones — quloqni to'liq qoplaydigan simsiz quloqchin. Hi-Res Audio sertifikati tovushning eng mayda tafsilotlarigacha yetkazadi. Bass kuchaytirish rejimi esa past chastotalarni to'liqroq va chuqurroq qiladi. Bitta quvvatlashda 80 soatgacha ishlaydi — kunlik foydalanishda bir necha hafta yetadi. Bluetooth 5.4 barqaror va uzilishsiz ulanishni ta'minlaydi. Qo'ng'iroq paytida ikki mikrofonli shovqin bostirish texnologiyasi ovozingizni atrofdagi shovqindan ajratadi, shuning uchun suhbatdoshingiz sizni aniq eshitadi. O'yin rejimi tovush va tasvir orasidagi kechikishni kamaytiradi. Quti ichida AUX kabel bor — batareya tugasa yoki simli ulanish kerak bo'lsa, quloqchinni kabel orqali ham ishlatish mumkin.

Texnik xususiyatlari

Model
ROS-ME01
Turi
Quloqni qoplaydigan (over-ear)
Tovush
Hi-Res Audio
Ishlash vaqti
80 soatgacha
Bluetooth
5.4
Mikrofon
Ikki mikrofonli shovqin bostirish (qo‘ng‘iroqlarda)
Bass
Bass kuchaytirish rejimi
O'yin rejimi
Past kechikish
Simli ulanish
AUX kabel orqali

Qutida nima bor?

  • Quloqchin
  • AUX kabel
  • Foydalanish qo‘llanmasi

Kafolat va ishonch

12 oy rasmiy kafolat

HONOR ning O‘zbekiston uchun rasmiy shartlari bo‘yicha simsiz quloqchin va smart soatlarga 12 oy kafolat beriladi.

Kafolat shartlarini o‘qish

O‘zingiz tekshiring

Bizga ishonishingiz shart emas. Seriya raqamini HONOR saytiga kiritib, mahsulot kafolatga kirishini o‘zingiz ko‘rasiz.

HONOR saytida tekshirish

Butun mamlakat bo‘ylab servis

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Guliston, Urganch va Nukusda HONOR ning avtorizatsiyalangan servis markazlari bor.

Servis markazlar ro‘yxati

10 kun ichida qaytarish

Mahsulot ishlatilmagan va qadog‘i saqlangan bo‘lsa, 10 kun ichida qaytarasiz. Nosoz chiqsa — bepul almashtiramiz.

Kulrang kanal orqali kelgan mahsulot arzonroq bo‘lishi mumkin, lekin unga kafolat berilmaydi va servis markaz qabul qilmaydi. Biz rasmiy yetkazib beruvchidan olamiz.

Yetkazib berish

HududTo‘lovMuddat
Toshkent shahriKuryerga to‘lanadi1 kun
Toshkent viloyatiKuryerga to‘lanadi1-2 kun
Yaqin viloyatlarKuryerga to‘lanadi1-3 kun
Uzoq viloyatlarKuryerga to‘lanadi2-3 kun

Sharh yozish

Sharh yozish

O‘xshash mahsulotlar